Senator A. Eshmuratov O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga murojaat qildi. Tabiiy ofat (sel toshqini) oqibatlaridan zarar ko‘rgan Denov tumanidagi “Sunbula” va “Sina” mahallalarini bog‘lovchi ko‘priklarni qayta qurish ishlari moliyalashtirilmayotganiga eʼtibor qaratilgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, “Sunbula” mahallasi hududidagi ko‘prikni qayta qurish uchun 3,7 mlrd so‘m, “Sina” mahallasini tuman markazi bilan bog‘lovchi ko‘prik uchun esa 4,35 mlrd so‘m ajratilishi lozim. Biroq moliyaviy masalalar o‘z vaqtida hal qilinmaganligi sababli obyektlardagi ishlar to‘xtab qolgan.
Senator A. Eshmuratov mazkur obyektlarning qurilishi va taʼmirlanishi bo‘yicha moliyalashtirish masalalari yuzasidan 2025-yil 5-martiga qadar tushuntirish berish yoki qo‘mitaning mazkur yo‘nalishdagi rejalarini maʼlum qilishni so‘rab rasmiy ravishda senator so‘rovini yo‘lladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22516 | Инструменты