“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan "M. X. F." MChJga qarashli binoda ta’minot korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 346,7 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Buxoroda fermer xo‘jaligi 182,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22516 | Инструменты