Huawei 1
O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin qisqardi

2025 yilning yanvar oyida O‘zbekistonga qiymati 31 mln dollarlik 1796 dona yengil avtomobil import qilindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasining oylik hisobotida keltirilgan.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida 221,4 mln dollarlik 10 ming 152 dona yengil avtomobillar importi amalga oshirilgan. 

O‘tgan bir yil davomida avtomobil importi qiymat jihatdan 7 barobardan ko‘proqqa, miqdor jihatdan esa 5,6 barobarga qisqargan.

Eng katta kamayish gibrid avtomobillar importida kuzatilgan – 31 barobar. 

Elektromobillar va benzinli yengil avtomobillar importidagi qisqarish esa mos ravishda 6,7 barobar va 2,5 barobar bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22516 | Инструменты