Huawei 1
AQSh 2022-2024-yillarda butun dunyo bo'ylab demokratiyani qo'llab-quvvatlash uchun 9,5 milliard dollar ajratadi

Oq uy ma’muriyati 2022-2024-yillarda butun dunyoda demokratiya va inson huquqlarini qo’llab-quvvatlash uchun 9,5 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda.

“2022-2024-moliya yillarida Amerika Qo’shma Shtatlari butun dunyo bo’ylab demokratiya, inson huquqlari va boshqaruvni yaxshilash uchun Kongress bilan hamkorlikda hamda mablag’larning mavjudligidan kelib chiqqan holda, taxminan 9,5 milliard dollar sarmoya kiritgan va buni berishga majbur”— deyiladi Oq uy bayonotda.

Bundan tashqari, AQSh butun dunyo bo’ylab demokratiya, ommaviy axborot vositalari hamda erkin saylovlarni qo’llab-quvvatlash uchun 690 million dollar mablag’ ajratilishini e’lon qildi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden “Demokratiya sammiti”da so’zlagan nutqi davomida ma’lum qildi.

Ma’lumot o’rnida, birinchi “Demokratiya sammiti” 2021-yilda bo’lib o’tgan. Joriy yilgi sammit esa ikkinchisi bo’ldi. “Demokratiya sammiti” 28-30-mart kunlari bo’lib o’tmoqda. Unda Yevropa, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi yetakchilari ishtirok etadi. AQShning NATO bo’yicha ittifoqchilari Turkiya va Vengriya esa sammitga taklif qilinmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121823 | Инструменты