Huawei 1
AQSh Garvard grantlari bo'yicha 2,2 milliard dollarni muzlatib qo'ydi

AQSh federal hukumati Garvard universitetiga ajratilgan 2,2 milliard dollardan ortiq grantlarni va 60 million dollarlik kontraktlarni muzlatdi. Bu haqda AQSh Ta’lim vazirligining 14-aprel, dushanba kuni e’lon qilingan press-relizida ma’lum qilindi.

Bu qaror universitetning AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining talablariga bo‘ysunmasligi bilan bog‘liq. Talablar universitet hududidagi faoliyatlar, ayniqsa, talaba faolligi bilan bog‘liq edi.

Tramp ma’muriyatining Garvardga qo‘ygan talablar

11-aprel kuni Tramp ma’muriyati Garvardga boshqaruv tizimini isloh qilish, rahbariyatni yangilash va talabalarni qabul qilish siyosatini o‘zgartirish bo‘yicha murojaat yuborgan. AP axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Tramp ma’muriyatining talablari orasida quyidagilar ham bor edi:

 • Universitet, o‘qituvchilar va rahbariyat qarashlarini turli madaniyat va qarashlarga munosabat nuqtai nazaridan tekshirish;
 • Kampus hududida niqob taqishni taqiqlash — bu talab, jurnalistlar fikriga ko‘ra, Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi norozilik namoyishlariga qarshi qaratilgan bo‘lgan.

Bundan tashqari, federal hukumat universitetdan quyidagilarni talab qilgan:

 • Jinoyatga undovchi, noqonuniy zo‘ravonlik yoki ta’qibni targ‘ib qiluvchi har qanday talabalar tashkilotlarini tan olish yoki moliyalashtirishni to‘xtatish.

AQSh hukumati, agar Garvard bu talablarni bajarmasa, jami 9 milliard dollarlik grant va kontraktlar xavf ostida qolishini bildirgan.

Bunga javoban Garvard universiteti prezidenti Alan Garber 14-aprel kuni chiqish qilib, hukumot talablariga bo‘ysunmasliklarini rasman e’lon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82501 | Инструменты