AQSH ma’muriyati Qrimni Ukrainaning bir qismi deb hisoblaydi - Pentagon
AQSH ma’muriyati Qrimni Ukrainaning bir qismi deb hisoblaydi, shu sababli u Kiyevni butun "Ukraina hududi"ni himoya qilish uchun razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlaydi.
Pentagon rasmiysidan urush fonida AQSH Qrimni urusha Rossiya hududi deb hisoblaydimi, deb so‘ralgan.
"Albatta, Amerika siyosati Qrim Ukrainaniki deb hisoblaydi. Men bu masalaga oydinlik kiritmoqchiman. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlayapmiz. AQSH o‘zlarini Ukraina bo‘ylab himoya qilishi uchun razvedka ma’lumotlarini o‘tkazmoqda", — degan Pentagon rasmiysi.
O‘z navbatida, AQSH Mudofaa vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kolin Koul "Kiyevdan Rossiya hududiga zarbalar berish uchun HIMARS’dan foydalanmaslik bo‘yicha rasmiy kafolatlar olingan"ini aytgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Rossiya va AQSH o‘rtasida yadroviy urush ro‘y bersa, yer yuzida 5 mlrddan ortiq odam halok bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51219 | Инструменты