Huawei 1
Rossiya va AQSH o‘rtasida yadroviy urush ro‘y bersa, yer yuzida 5 mlrddan ortiq odam halok bo‘lishi mumkin

Nature Food jurnalida chop etilgan maqolada yadro quroli va uni xavfli jihatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Maqola mualliflari AQSH, Norvegiya, Germaniya, Avstraliya va Tayvan mamlakatlari nufuzli universitet olimlaridir.

Nashrda keltirilishicha,  AQSH va Rossiya va ularning ittifoqchilari o‘rtasidagi yadro urushi dunyodagi yadro arsenalining 90% dan ortig‘idan foydalanishga olib kelishi mumkin.

8 ga yaqin turli yo‘nalishdagi ishonchli model mahsulotlari ssenariyalariga ko‘ra, yadroviy portlashlar oqibatida atmosferaga 165 million tonnadan ortiq iflos moddalar chiqariladi, bu butun sayyorada iqlimning sovish jarayonini tezlashtirib, ''yadro qishini'' keltirib chiqaradi.

Shu bilan birga, 360 million kishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yadroviy zaryadlarning portlashi natijasida nobud bo‘lsa, 5 milliarddan ortiq insonlar iqlim kolapsi natijasida, oziq-ovqat mahsulotlari inqirozi, ochlik qurboniga aylanishlari aytilgan.

Masalan, Hindiston va Pokiston o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yadroviy urushning o‘zi, olimlar prognozi bo‘yicha 2 milliard odamning o‘limiga olib kelishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin BMT Bosh kotibi Mo'g'ulistonni yadro qurolidan xoli yagona hudud sifatida e'tirof etgani haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51300 | Инструменты