Huawei 1
AQSh moliya vaziri Kiyevga 1,25 milliard dollar miqdoridagi yordam o‘tkazilganini ma’lum qildi

AQSh Ukrainaga avvalroq ajratilishi ma’lum qilingan 9,9 milliard dollar miqdoridagi iqtisodiy yordamning bir milliard dollardan ortiq birinchi transhini topshirdi. Bu haqda AQSh moliya vaziri Janet Yellen ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yellen Kiyevga tashrifi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi davomida Amerikaning moliyaviy yordamini muhokama qilgan.

Uning ma’lum qilishicha, yordamning to’liq miqdori 2023-yilning uchinchi choragi oxirigacha Ukrainaga o’tkaziladi. Yellen Zelenskiyga bundan keyin ham Qo’shma Shtatlar Kiyevga yordam berishda davom etishiga va’da berdi.

AQSh Moliya vazirligi ma'lumotlariga ko’ra, hozirga qadar mamlakat Ukrainaga 14 milliarddan ortiq iqtisodiy yordam o’tkazgan.

Avvalroq AQSh Ukrainaga 460 million dollarlik yangi yordam paketini ajratgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50802 | Инструменты