Huawei 1
AQSh Ukraina sxemasi bo'yicha Tayvanga 500 million dollarlik tezlashtirilgan holda qurol yuboradi

Jo Bayden ma’muriyati Tayvan uchun Ukrainaga yetkazib berishda qo’llanilgan tezlashtirilgan sxema bo'yicha 500 million dollarlik qurol-yarog' paketini tayyorlamoqda, deya xabar bermoqda Bloomberg manbalari.

Xitoy o’z hududi deb hisoblagan orolga aynan nima yuborilishi hozircha noma’lum. Shu kungacha tezlashtirilgan protsedura Tayvanga yetkazib berishda qo’llanilmagan.

Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, "qurol yoki yordamchi uskunalar" AQSh prezidentining ko’rsatmasi bilan allaqachon mavjud bo’lgan mamlakat zaxiralaridan ajratiladi. 2022-yil dekabr oyida qabul qilingan mudofaa budjetida AQSh prezidentiga Tayvanga 1 milliard dollargacha harbiy yordam berish imkoniyati berilgan. Bunda ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish orqali emas, balki mavjud zaxiralar hisobidan tezlashtirilgan tarzda qurol yetkazib berish ko'zda tutilgan.

Aytib o’tish lozimki, Xitoy Tayvanni o’z hududi deb hisoblaydi va so’nggi oylarda orol yaqinida muntazam ravishda yirik harbiy mashg'ulotlar o’tkazib kelmoqda. Shu bilan bir vaqtda Tayvan aprel oyida Xitoyning ehtimoliy hujumini qaytarish uchun Amerikaning Boeing kompaniyasidan 400 ta kemalarga qarshi "Harpun" raketalarini sotib olish bo’yicha shartnoma imzoladi.

Avvalroq AQSh razvedkasi rahbari Avril Xeyns Xitoy Tayvan bilan birlashish uchun harbiy ssenariy tayyorlayotgani haqida xabar bergan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50904 | Инструменты