Huawei 1
AQSh va Buyuk Britaniya Ukrainaga Rossiyaga zarba yo'llash uchun yashirincha ruxsat berishi mumkin - The Times

Buyuk Britaniya va AQSH yaqin haftalarda Ukrainaga Storm Shadow raketalari bilan Rossiya hududiga zarbalar berishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Times gazetasi g‘arb diplomatlariga tayanib.

Unga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaga zarba berishni boshlamaguncha, bu ma’lumotni yashirish rejalashtirilgan.

The Times nashrining yozishicha, britaniyalik va amerikalik diplomatlar Ukraina bilan maxfiy kelishuv imzolanishiga ruxsat berishmoqda, shu bois bu haqda kelasi hafta BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida e’lon qilinmaydi. Tadbirda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham ishtirok etadi. Nashr manbalaridan biri AQSH prezidenti ma'muriyati noyabrdagi saylovlar oldidan qaror qabul qilish uchun tezroq harakat qilmoqchi ekanini ta'kidladi.

O'tgan hafta The Times AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Rossiyadagi nishonlarga Storm Shadow bilan hujum qilishiga ruxsat berishi mumkinligini yozgan edi. U o'tgan hafta oxirida Britaniya Bosh vaziri Key Starmer bilan bu masalani muhokama qilgan, biroq bu borada hech qanday ma’lumot e'lon qilinmagan.

Buyuk Britaniya va Fransiya cheklovlarni olib tashlash tarafdori, ammo AQSH pozitsiyasi tufayli Ukrainaga ruxsat bermadi. G‘arb yetakchilari tomonidan bu masala bo‘yicha muhokamalarni sharhlar ekan, prezident Vladimir Putin Rossiyaga zarba berish uchun uzoq masofali qurollardan foydalanishga ruxsat berish AQSH va boshqa NATO davlatlarining harbiy mojaroda bevosita ishtirok etishini anglatishini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92114 | Инструменты