Huawei 1
AQSh Yamandagi husiy nishonlariga yangi zarbalar berdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari 17-yanvar, chorshanba kuni Yamandagi husiylar nishonlariga yangi zarbalar berdi. AQSh Markaziy qo‘mondonligining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar qilinishicha, Yamanning husiylar nazoratidagi hududida joylashgan va uchirishga tayyor bo‘lgan 14 ta raketa urilgan.

Operatsiya "navigatsiya erkinligini himoya qilish va Qizil dengizdagi AQSh hamda hamkor kemalarga hujumlarning oldini olish bo'yicha davom etayotgan ko'p millatli sa'y-harakatlar kontekstida" amalga oshirildi deyiladi xabarda. 

“Uchirish maydonchalaridagi bu raketalar mintaqadagi savdogarlar va AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalariga zudlik bilan xavf tug‘dirdi va istalgan vaqtda o‘qqa tutilishi mumkin edi, bu esa Amerika harbiylarini o‘z-o‘zini himoya qilish bo‘yicha o‘ziga xos huquq va mas’uliyatni amalga oshirishga undadi”, — dedi AQSh Markaziy qo‘mondonligi.

AQSh husiylarni global terrorchi tashkilotlar deb e’lon qildi

Markaziy qoʻmondonlikning taʼkidlashicha, zarbalar husiylarning “Qizil dengiz, Bob al-Mandeb boʻgʻozi va Adan koʻrfazidagi xalqaro va tijorat kemalariga oʻylamasdan hujumlarini davom ettirish” imkoniyatini cheklaydi.

Avvalroq, AQSh prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Vashington husiylarni global miqyosda faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga qaytarganini eʼlon qilgan edi. Bu qaror Yaman isyonchilarining Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujumlari davom etayotganiga javoban qabul qilindi, dedi Oq uy. 

AQShning husiylarni ikkala ro‘yxatga qo‘shish haqidagi qarori 30 kundan keyin kuchga kiradi. Bu vaqt ichida AQSh rasmiylari BMT va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Yaman aholisi uchun sanksiyalar oqibatlarini minimallashtirish maqsadida insonparvarlik yordami – oziq-ovqat, dori-darmon va Yaman portlariga yoqilg‘i yetkazib berish qoidalarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Yamanda 2014-yildan beri fuqarolar urushi davom etmoqda. Aholining asosiy qismi husiylar nazorati ostidagi hududlarda istiqomat qiladi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, millionlab yamanliklar ochlikdan aziyat chekmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52507 | Инструменты