Huawei 1
AQSh Yaponiyani atom bombardimon qilishda foydalanilgan aviabazani qayta tiklamoqda

Qo‘shma Shtatlar Tinch okeanidagi Tinian orolida Yaponiyani atom bombasi bilan bombardimon qilish uchun foydalanilgan aviabazani qayta qurmoqda. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, aviabaza tashlandiq holatda bo‘lgan, biroq 2024-yilning yanvar oyidan boshlab AQSH harbiylari uni tozalash va uchish-qo‘nish yo‘laklarini jihozlashni boshlagan. 20 million kvadrat metrdan ortiq asfalt qayta tiklangan, yuzlab gektar o‘rmonlar tozalangan.

“Pentagon ushbu loyiha uchun deyarli yarim milliard dollar ajratdi. Havo bazasi Tinch okeanini to‘xtatuvchi tashabbus rejasiga muvofiq modernizatsiya qilinmoqda”, deyiladi xabarda.

Nemis jurnalistlari Tinian oroli Ikkinchi jahon urushida Qo‘shma Shtatlar uchun muhim rol o‘ynaganini qayd etgan, Xirosima va Nagasakiga atom bombalarini tashlagan amerikalik bombardimonchilar aynan shu yerdan havoga ko‘tarilgan. Shu bilan birga, bazadan AQSH-Xitoy qarama-qarshiligining bir qismi sifatida ham foydalanish mumkin.

Avvalroq AQSH harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i Liza Franchetti 2027-yilda Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroga flotning tayyorgarligini oshirish rejasini taqdim etgan. U flotga texnik xizmat ko‘rsatishda qolib ketishni bartaraf etish, robototexnikani kuchaytirish, yangi qo‘mondonlik markazlarini yaratish, asosiy infratuzilmani qayta qurish va harbiylarni o‘qitish orqali kuchlarni tayyorlash kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.

NATO, shuningdek, Xitoyga qarshi turish uchun Tinch okeanining g‘arbiy qismidagi ishtirokini kuchaytirmoqda. Xitoy o‘z qirg‘oqlari yaqinida NATO beqarorlik keltirib chiqarayotganini aytgan. Iyul oyida Xitoy TIV vakili alyans “Yevropada tartibsizliklarni keltirib chiqarganidan keyin Osiyo-Tinch okeani mintaqasida betartiblik yaratmasligi kerak”ligini taʼkidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92117 | Инструменты