Donald Tramp maʼmuriyati Eron tomonidan ehtimoliy qasos choralariga qarshi tayyorgarlik ko‘rmoqda. NBC News‘ning Pengaton va Oq uydagi manbalariga tayanib yozishicha, yaqin 48 soat alohida xavotir uyg‘otmoqda.
Suhbatdoshlarning taʼkidlashicha, Eron yadro obyektlariga uyushtirilgan hujumga javob AQSHning ichki yoki xorijdagi obyektlariga qaratiladimi, yo bo‘lmasam, har ikkisiga ham — hozircha nomaʼlum.
AQSHning chet eldagi harbiy bazalari so‘nggi bir necha oydan beri yuqori jangovar shay holatda, ammo Oq uydagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, 13 iyun kuni Isroil Eron bilan urush boshlaganidan keyin ehtimoliy hujum xavotirlari sezilarli darajada oshgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62410 | Инструменты