AQSHda o‘tkazilgan so‘rovnomada respondentlarning 72 foizi Jo Baydenni aqliy jihatdan prezidentlikka nomunosib deb topdi

AQSHda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomada fuqarolarning 72 foizi amaldagi prezident Jo Baydenni aqliy jihatdan lavozimida qolishi uchun nomunosib deb hisoblashini maʼlum qilgan. Bu haqda G‘arb tadqiqot institutlari hisobotlariga asoslanib, Anadolu nashri xabar berdi.

So‘rovnoma natijalari 30-iyun kuni eʼlon qilingan. Unda qatnashgan fuqarolarning ko‘pchiligi — qariyb uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Jo Bayden davlat rahbari sifatida ishlash uchun zarur bo‘lgan ruhiy va kognitiv salomatlikka ega emas deb xulosa bergan.

So‘rovnoma AQSHning CBS News va YouGov agentliklari tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Ushbu tadbir mamlakat aholisining noyabr oyida bo‘ladigan prezidentlik saylovlari oldidan o‘z rahbariga bo‘lgan munosabatini aniqlash uchun o‘tkazilgan.

Demokratlar va ularga xayrixoh bo‘lganlarning 45 foizi Bayden sog‘lig‘i tufayli prezidentlik poygasidan chiqishi kerak, deya munosabat bildirgan. AQSH prezidenti salomatligi mamlakat imiji uchun katta vazifa o‘tab berishi kerakligi aytilgan.

So‘rovnomada, shuningdek, Donald Trampning kognitiv salomatligi haqida ham savollar bo‘lgan. Trampning prezidentlikka aqliy va kognitiv mosligi haqida so‘ralganda, 50 foiz respondentlar “ha” va 49 foiz qatnashchilar “yo‘q” deb javob berishgan.

Baydenning isteʼfoga chiqishiga chaqiriqlar kuchayib borayotgan bir paytda Texasdagi respublikachilar vakili Chip Roy vitse-prezident Kamala Harrisni Vazirlar Mahkamasini chaqirishga va prezident vazifasini bajaruvchi sifatida vazifaga kirishishga undagan rezolyutsiya eʼlon qilgan. Royning rezolyutsiyasida Baydenning prezidentlik vakolatlari va majburiyatlarini, jumladan, Oliy bosh qo‘mondonning vazifalarini bajarishga qodir emasligi bir necha bor taʼkidlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70403 | Инструменты