AQShda sodir bo’lgan bo’ron 1,5 million xonadonni elektr ta’minotisiz qoldirdi

Amerika Qo’shma Shtatlarida sodir bo’lgan kuchli qish bo’roni mamlakat infratuzilmasini tobora falaj qilmoqda. Amerika favqulodda xizmatlarining xabar berishicha, 23-dekabr, juma kuni kechqurun yuz bergan bo’ron sababli 1,5 millionga yaqin odam vaqtincha elektr energiyasiz qolgan.

Bundan tashqari, Rojdestvo arafasida kuchli qor yog’ishi va xavfli muz tufayli ko’plab yo’llar yopilgan va o’lim holatlari ham qayd etilgan. Shu bois, millionlab amerikaliklar Rojdestvo bayrami uchun rejalashtirgan sayohatlarini bekor qilishga majbur bo’ldi.

Amerikaning ko’plab shtatlari, jumladan, Nyu-York, Oklahoma va Kentukkida favqulodda holat eʼlon qilindi. Elektr uzilishlari sababli birinchi bo’lib Shimoliy Karolina, Men va Virjiniya shtatlari jabr ko’rgan. Ushbu manzillarda hali ham bir millionga yaqin xonadon elektr energiyasisiz qolmoqda. Shuningdek, 5500 ga yaqin aviareyslar bekor qilindi.

AQSh ob-havo xizmati hozirgi yomon ob-havoni “tarixiy” deb atadi. Ayrim joylarda havo harorati -48 °C gacha pasaygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51201 | Инструменты