Ushbu kasallikning kelib chiqish sabablari o'rganilmoqda
Argentinadagi Tukuman provinsiyaning sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, noma'lum kasallikka chalingan 64 yoshli erkakning sog‘lig‘ida boshqa muammolar ham aniqlangan. Qolgan to‘rt nafar bemor esa legionerlar kasalligidan vafot etgani aniqlangan.
Tukumanda epidemiya boshlanganidan so‘ng, shifokorlar bemorlarni COVID-19, gripp va hantavirus uchun sinovdan o‘tkazgan, natijada bu kasalliklar istisno qilingan. Keyin namunalar Buyenos-Ayresdagi Malbran institutiga yuborilgan, u yerda testlar legionella kasalligini tasdiqlagan.
Sog‘liqni saqlash vaziri Karla Vizzottining aytishicha, o‘lganlarning barchasida ikki tomonlama pnevmoniya qayd etilgan. Ularning barchasi yuqori isitma, tana og‘rig‘i va nafas olishida qiyinchilik qayd etilgan. Legionella bakteriyasi odamlarda grippdan tortib og‘ir o‘pka infeksiyalari va pnevmoniyagacha bo‘lgan alomatlarni keltirib chiqaradi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha bemorlar xavf guruhiga tegishli ekanini ma’lum qilgan. Ular orasida chekuvchilar va nafas olish tizimi kasalligi, ortiqch vazn, qandli diabet va qon bosimi yuqori bo‘lganlar bor.
Ta’kidlanishicha, yana yettita simptomatik holat aniqlangan. Bemorlarning barchasi klinika xodimlari bo‘lgan. Ulardan to‘rt nafari kasalxonada qolgan, uch nafari esa og‘irroq alomatlar bilan uyda davolanmoqda.
Birinchi marta 1976-yilda AQSHning Filadelfiya shahrida Amerika legioni faxriylari yig‘ilishida aniqlangan legionella kasalligi ifloslangan suv yoki konditsioner tizimlarining kirlanishi tufayli yuzaga keladi. Infeksiya odatda odamdan odamga yuqmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51200 | Инструменты