Suriya diktatori Bashar al-Asadning rafiqasi Asma ajrashish uchun ariza berdi. Suriyaning sobiq birinchi xonimi go‘yoki Moskvadagi sharoitdan norozi va shuning uchun Londonga ko‘chib o‘tmoqchi. Bu haqda CNN Turk telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Asad oilasiga yaqin manbalar Asma Asad Moskvada yashashni yoqtirmasligini da'vo qilmoqda. Ayol Britaniya fuqaroligiga ega ekan, endi u Londonga ko‘chib o‘tmoqchi. Biroq, u Londonga ketishi uchun Asad bilan ajrashishi kerak.
Asma Asad Rossiya adliya organlariga murojaat qildi. Hali uning arizasi ko'rib chiqilmagan.
Bashar al-Asadning o'zi Moskvada juda og'ir sharoitlarda yashaydi. Manbalarga ko'ra, unga Moskvadan chiqib ketish va har qanday siyosiy faoliyat bilan shug'ullanish taqiqlangan. Bundan tashqari, Rossiya rasmiylari Bashar al-Asadning moliyaviy aktivlariga kirishni muzlatib qo'ygan.
Asma Asad haqida nimalar ma'lum
Asma Asad Suriyada urush boshlanishidan oldin juda mashhur edi. U "cho'l atirgul" deb ataldi va hatto malika Diana bilan solishtirildi. Asma Asad Londonda tug‘ilgan va tahsil olgan.
2000-yilda Asma Bashar al-Asadga turmushga chiqdi va Suriyaning birinchi xonimi bo'ldi. U zamonaviy va ilg'or ayol sifatida qabul qilingan, ammo Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan keyin uning qiyofasi keskin o'zgargan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты