Ashraf G’ani: Men o’g’ri emasman!
Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani o’z mamlakatidagi xalqiga murojaat qildi. Siyosatchi ushbu murojaatni Facebook sahifasida e’lon qildi.
Prezident o'z nutqida Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) ekanini va agar u Kobulda qolganida qon to’kilishiga guvoh bo’lishi mumkinligini yozgan.
U mamlakatni tark etishga majbur bo'lganini va yaqin kelajakda Afg'onistonga qaytishni va'da qildi.
G'ani, shuningdek, mamlakatni tark etayotganida katta miqdorda pul olib ketgani haqidagi gaplarni mutlaqo asossiz va bo’xton so’zlar deb atadi.
"Meni katta miqdorda pul o’g’irlab ketganlikda ayblashmoqda. Lekin bu yolg'on, men bitta ko'ylak, salla va poyabzalda mamlakatni tark etdim va faqat bitta sumkada bir nechta kitobni oldim xolos", dedi Ashraf G’ani.
Prezident Afg’onistonning adolatga erishishi yo’lida harakatini davom ettirishini ta'kidladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42719 | Инструменты