Birlashgan Arab Amirliklari yangi qonun loyihasini ishlab chiqish, amaldagi qonun loyihalarini qayta ko‘rish va o‘zgartirish kiritish uchun sunʼiy intellektdan foydalanmoqchi.
Mahalliy OAV ushbu dasturni "sunʼiy intellektga asoslangan tartibga solish" deb nomlagan bo‘lib, hukumat qonunlarning mamlakat aholisi va iqtisodiyotiga qanday taʼsir qilishini kuzatish uchun sunʼiy intellektdan foydalanmoqchi. Shuningdek, mahalliy qonunlar, sud qarorlari va davlat xizmatlari kabi davlat sektorlarining yirik maʼlumotlar bazasini yaratish ham rejalashtirilgan.
Manbada Abu-Dabi sunʼiy intellektga katta sarmoya kiritgani va o‘tgan yili 30 milliardlik BlackPock sunʼiy intellekt infratuzilma fondini qo‘llab-quvvatlovchi maxsus MGX nomli kompaniya tashkil etilgani maʼlum qilingan.
Qabul qilingan qaror tadqiqotchilar tomonidan xavotir bilan qabul qilingan va kelgusida ko‘plab muammolar va tuzoqlarga olib kelishi mumkinligi haqidagi fikrlar yangrayapti.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50805 | Инструменты