Huawei 1
Bayden 2025-yil uchun 895 mlrd dollarlik mudofaa budjetini tasdiqladi

AQSh prezidenti Jo Bayden 2025-yil uchun mudofaa budjetini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.

“Prezident 2025-moliya yili uchun Milliy mudofaaga ruxsat berish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq, 895 milliard dollarlik mudofaa budjeti AQSh Kongressining har ikki palatasi tomonidan kelishilgan edi.

18-dekabr, chorshanba kuni bydjyet taklifida AQShning Hind-Tinch okeani mintaqasida ishtirokini kuchaytirish, harbiylarning maoshlarini oshirish, yettita yangi kema qurish va mamlakat mudofaa sanoati bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar o‘rin olgani ma’lum qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122501 | Инструменты