Huawei 1
Turkiyada Bayraktar Kizilelma uchuvchisiz jangovar samolyoti sinovdan o‘tkazildi

Turkiyaning Ukraina bilan hamkorlikda tayyorlangan Bayraktar Kizilelma - birinchi uchuvchisiz jangovar samolyotining sinov parvozi amalga oshirildi. Bu haqda Baykar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi xabarida aytiladi.

Sinovning navbatdagi bosqichida dronning identifikatsiya qilish tizimi sinab ko'rildi.

“Bizning Bayraktar Kizilelma ikkinchi parvoz sinovini muvaffaqiyatli yakunladi. Uning ufqlari ochiq bo‘lsin”, — deya ta'kidladi Baykar boshqaruvi raisi Saljuq Bayraktar. 

Ushbu dron samolyotda Ukrainaning “Motor Sich” kompaniyasi dvigatellaridan foydalanilgan. 

U shuningdek quyidagi xususiyatlarga ega:

- 1500 kg foydali yukni (qurol, moslama va h.k.) ko‘tara oladi;

- e'lon qilingan maksimal tezligi - 900 km/soat;

- parvoz masofasi - 930 km;

- ishlash balandligi 10 668 m;

- havoda 5 soat davomida ishlay oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61007 | Инструменты