Huawei 1
Bellissimo Pizza Qozog‘iston bozoriga chiqmoqda

O‘zbekistondagi Bellissimo pitsaxonalari tarmog‘i Qozog‘iston bozoriga chiqmoqda. 

Tarmoq yaqin vaqt ichida mamlakatdagi dastlabki restoranlarini ochishni rejalashtirgan. Birinchi bosqichda Ostonada uchta muassasa o‘z faoliyatini boshlaydi. Hozirda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, jumladan restoranning interyer dizayni bo‘yicha so‘nggi ishlar yakunlanmoqda.

Bu franshiza asosida amalga oshiriladimi, degan savolga Bellissimo Pizza ayni paytda Qozog‘iston bozoriga o‘z restoranlari bilan kirayotganini bildirdi. Qayd etilishicha, bu mahalliy talabning “o‘ziga xos xususiyatlarini chuqurroq tushunishga, tarmoq jarayonlarini moslashtirishga va kelajakda potensial franchayzilarni samarali qo‘llab-quvvatlashga” yordam beradi.

Nima uchun ushbu mamlakat tanlangani esa Qozog‘iston rivojlanayotgan bozor ekanligi hamda u yerda umumiy ovqatlanishning yangi formatlariga qiziqish yuqoriligi bilan izohlandi.

“Biz Qozog‘istonni butun Markaziy Osiyo bo‘ylab Bellissimo Pizza’ni yanada rivojlantirish uchun strategik start sifatida ko‘ramiz. Ishonchimiz komilki, o‘zbek va qozoq xalqlarining madaniy qardoshligi muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun qulay sharoit yaratadi”, deydi tarmoq matbuot xizmati.

Shu bilan birga, kompaniya o‘z restoranlari dizaynini mahalliy an’analarga moslashtirishi qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50918 | Инструменты