Huawei 1
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qozog‘istonlik hamkasbi Qosim-Jo‘mart To‘qayevga otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvonini berish haqidagi mukofot varaqasini topshirdi.

«Men sizga mukofot varaqasini bermoqchiman. Bu otangiz Sovet Ittifoqi qahramoni ordeni bilan taqdirlanganini tasdiqlovchi hujjat», dedi u To‘qayevga guvohnomani topshirar ekan.

O‘z navbatida, To‘qayev Putinga minnatdorlik bildirdi va amakisi Rjev yaqinidagi ommaviy qabrga dafn etilganini aytdi.

«Men sizdan, Vladimir Vladimirovich va Rossiya hukumatidan uning suratini Rjevdagi rus askari pannosiga joylashtirganingiz uchun minnatdorman», dedi u.

Qosim-Jo‘mart To‘qayevning otasi Kemel To‘qayev Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo‘lgan. U frontda jang qilib, mardlik va jasorat ko‘rsatgan. Urush paytida og‘ir yaralangan, ammo davolanishdan so‘ng xizmatni davom ettirgan. Ushbu jangovar tajriba uning hayoti va ijodiga katta taʼsir ko‘rsatdi, uning adabiy asarlarida o‘z aksini topdi. Urushdan keyin Kemel To‘qayev detektiv va sarguzasht janrlariga ixtisoslashgan mashhur yozuvchi bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51002 | Инструменты