Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatga kirmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun talablarni o‘zgartirdi
Birlashgan Arab Amirliklariga kirish uchun turistik yoki mehmon vizasi bo‘lgan yo‘lovchilardan borish va qaytish aviachiptalari talab etiladi.
Qayd etilishicha, 11-noyabrdan boshlab BAAga kirish uchun turistik yoki mehmon vizasi bo‘lgan yo‘lovchilar borish va qaytish aviachiptalariga ega bo‘lishlari kerak.
Shuningdek, kompaniya matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, 8-noyabrdan boshlab, sayohatchilardan Dubayga kirish uchun COVID-19 ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat yoki PZR-testlarni taqdim etish talab etilmaydi. Sharjaga kirish uchun karantin talablariga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilayotgani ma’lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50119 | Инструменты