Birlashgan Arab Amirliklariga yangi Prezident saylandi

Birlashgan Arab Amirliklari Oliy federal kengashi bugun, 14-may kuni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayonni mamlakatning yangi Prezidenti etib sayladi.

Kengash bir ovozdan Abu-Dabi valiahdini Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti etib saylagan. Kengash majlisini vitse-prezident va Bosh vazir, Dubay amirligi hukmdori, davlat rahbari vazifasini bajaruvchi Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayon kecha, 13 may kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60803 | Инструменты