AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant bilan telefon orqali suhbatda G’azo sektoriga insonparvarlik yordamini sezilarli darajada oshirishga chaqirdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti saytida maʼlum qilingan.
Blinkenning aytishicha, butun Falastin anklavidagi tinch aholiga oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur vositalar yetkazib berishni kengaytirish zarur.
Davlat kotibi Gʻazo sektoridagi janglarni toʻxtatish va barcha garovga olinganlarni ozod qilish muhimligini taʼkidladi.
Blinken va Gallant Livanda diplomatik kelishuvga erishish borasidagi sa’y-harakatlarni ham muhokama qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110514 | Инструменты