Huawei 1
Rossiyada bog‘cha va maktablarda yangi virus tarqalmoqda

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, Moskva va Vladimir viloyatlaridagi bog‘cha hamda maktablarda bolalar Koksaki virusi bilan kasallangani haqida “Rospotrebnadzor”ga tez-tez xabarlar kelib tushmoqda.

Yuqoridagi viloyatlar aholisi infeksiya tarqalishidan shikoyat qilib, bunda Turkiyada bo‘lib qaytgan rus sayyohlarini ayblagan.

“ ‘Rospotrebnadzor’ hududlarda Koksaki virusi aniqlangani haqidagi xabarlardan so‘ng maktab va bog‘chalarda ertalabki filtrlash tartib-qoidalarining bajarilishini nazoratga oldi”, deya xabar berdi departament matbuot xizmati.

Filtrlar isitma, yo‘tal, burun oqishi va shu kabi kasallik belgilarini tekshirishni o‘z ichiga oladi. Agar ular aniqlansa, bola tuzalib ketgunga qadar jamoadan ajratiladi.

“ ‘Rospotrebnadzor’ bolasida kasallikning klinik belgilari bo‘lgan ota-onalarning e’tiborini darhol tibbiy muassasaga murojaat qilishga qaratadi”, deyiladi xabarda.

Idora, shuningdek, kasalliklarning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish zarurligini eslatib o‘tgan.

Koksaki — bu isitma va toshma paydo bo‘lishi bilan tavsiflangan kasallik turi. Uning manbayi faqat odam, xususan, kasal yoki sog‘lom tashuvchi hisoblanadi. Ko‘pincha mazkur virus suv, oziq-ovqat, iflos o‘yinchoqlar va qo‘llar orqali yosh bolalarga ta’sir ko‘rsatadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110515 | Инструменты