Frankfurt-Mayn bosh prokuraturasi pul yuvishda gumon qilingan rossiyalik oligarx Alisher Usmonovga nisbatan tergovni to‘xtatdi. 4-noyabr, dushanba kuni prokuratura DW nashriga “Rossiya Federatsiyasidan kelgan 71 yoshli tadbirkorga nisbatan dastlabki tergov” yig‘im to‘lash evaziga ayblanuvchining roziligi bilan 2024-yil 11-oktabrda yakunlanganini ma’lum qildi.
Usmonov 4 million yevro to‘lashga rozi bo‘lgan
Usmonov 1,5 million yevro miqdoridagi mablag‘ni bir nechta notijorat tashkilotlarga o‘tkazishi kerak. Bundan tashqari, u Germaniya davlat g'aznasiga 2,5 million yevro o'tkazishga majbur bo'lgan. "Ushbu shart bajarilgandan so'ng, tergov butunlay to'xtatiladi", dedi prokuratura.
Qaror qabul qilishda prokuratura, xususan, Usmonovga nisbatan ayblov qo‘yilgan harakatlar uzoq vaqt oldin sodir bo‘lganligini va Germaniya, Gessen federal davlati yoki Germaniyadagi biron bir jismoniy yoki yuridik shaxsga moliyaviy zarar keltirmaganini hisobga oldi.
Tergovni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror Germaniya Jinoyat-protsessual kodeksining 153-a bandiga muvofiq qabul qilingan boʻlib, u prokurorlarga “agar jinoyatchining aybi ahamiyatsiz deb hisoblansa va jinoiy javobgarlikka tortishda jamoatchilik manfaati boʻlmasa, jinoiy javobgarlikka tortilishdan bosh tortish imkonini beradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110515 | Инструменты