Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi qullikdan jabrlangan sobiq mustamlaka davlatlar uchun tovon puli tushunchasi “pul o‘tkazish bilan bog‘liq emas”ligini ma’lum qildi.
Afrika qit’asiga ilk vazirlar tashrifi chog‘ida Lemmi yashash narxi inqirozi paytida tovon — pul to‘lash bilan bog‘liq emasligini ta’kidlagan. Britaniya TIV rahbari bir vaqtlar transatlantik qul savdosining markazi bo‘lgan Nigeriyaning Lagos shahriga tashrif buyurgan.
Lemmi o‘sha paytlar dahshatli bo‘lganini eslagan.
“Men qullar avlodiman, shuning uchun buni tan olaman”, deydi vazir.
Shuningdek, u Britaniya hukumati mamlakatning qul savdosidagi roli uchun allaqachon uzr so‘raganini qo‘shimcha qilgan.
BBC aniqlik kiritishicha, Britaniya hukumati rasman kechirim so‘ramagan. Faqat 2007-yilda bosh vazir Toni Bler Gananing o‘sha paytdagi prezidenti Jon Kufuor bilan uchrashuvda shunday degan:
“Biz afsusda ekanimizni avval ham aytganman va yana aytaman”.
Oktyabr oyi oxirida Samoada tarixan Buyuk Britaniya bilan bog‘langan 56 davlatdan iborat Millatlar Hamdo‘stligi sammiti yakunlandi. Ikki kunlik uchrashuvlardan so‘ng hukumat boshliqlari qul savdosi va ekspluatatsiya natijasida yetkazilgan zarar uchun sobiq mustamlakalarga tovon to‘lash masalasini muhokama qilish vaqti yetdi, degan xulosaga kelgan.
Biroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer mamlakat reparatsiya to‘lash niyatida emasligini qayd etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110516 | Инструменты