Huawei 1
BMT Ukraina bo‘yicha ikkita rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh assambleyasi 24 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Rossiya—Ukraina urushi bo‘yicha ikkita rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda BMTning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Bosh assambleya dastlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Ukraina tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyani qabul qilgan. «Ukrainada keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikni ilgari surish» deb nomlangan hujjat keskinlikni yumshatish, jangovar harakatlarni tezda to‘xtatish va urushni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiradi.

Unga 93 ta davlat yoqlab ovoz bergan, 18 davlat qarshi chiqqan va 65 davlat betaraf qolgan (jumladan, O‘zbekiston ham). Rezolyutsiyaga qarshi ovoz berganlar orasida AQSh, Rossiya va Vengriya bor. Shu bilan birga, Xitoy ovoz berishda betaraf qolgan.

Keyinroq Bosh assambleya Qo‘shma Shtatlar tomonidan tayyorlangan «Tinchlik sari yo‘l» rezolyutsiyasi uchun ovoz bergan. Ta’kidlanishicha, AQSh o‘z rezolyutsiyaga Yevropa davlatlari tomonidan taklif qilingan tuzatishlarni kiritgan, xususan, «Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi mojaro» so‘zlari Rossiyaning «keng ko‘lamli bosqini» so‘zlari bilan almashtirilgan.

Rezolyutsiya loyihasi uchun 92 ta davlat ovoz bergan, sakkiztasi qarshi chiqqan (jumladan, Rossiya) 73 ta davlat esa ovoz berishdan tiyilgan — ular orasida AQSh ham bor.

BMT Bosh assambleyasi RFning AQSh tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyaga tuzatishini qo‘llab-quvvatlamadi. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzyaga ko‘ra, RF «Ukraina inqirozining asl sabablarini bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida»gi hujjatga o‘zgartirishlar kiritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22513 | Инструменты