Huawei 2
Boliviyada davlat to‘ntarishi o‘tkazishga uringan general hibsga olindi

Avvalroq, Boliviyaning amaldagi prezidenti Luis Arse harbiylarning hukumat qarorgohiga kelishini qoralab, ularni demokratiyani hurmat qilishga chaqirgani haqida xabar qilingandi.

Mamlakat mahalliy nashrlarining ma'lumotlariga ko'ra, Boliviya armiyasining sobiq qo‘mondoni, davlat to‘ntarishi o‘tkazishga uringan general Xuan Xose Suniga Bosh prokuratura talabi bilan hibsga olindi.

Qayd etilishicha, Suniga Bosh shtab binosidan chiqib ketayotgan paytda qo‘lga olingan, so‘ngra politsiya mashinasida prokuraturaga olib ketilgan. Ayni paytda Boliviya Bosh prokuraturasi davlat to‘ntarishiga urinish va sodir bo‘lgan voqealar bilan bog‘liq keng qamrovli tergov boshlanganini e’lon qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan kadrlarda Boliviyaning La-Pas shahridagi Prezident saroyi hududiga harbiy zirhli texnikalar qanday kirib kelgani aks etgan. Harbiylarning harakatlaridan noroziligini bildirgan fuqarolarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalanilgan.

Arcye hukumat saroyiga bostirib kirishga uringan Suniga bilan gaplashdi va qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqib ketishni talab qildi.

Boliviya Prezidenti xalqqa murojaatida tinchlikka chaqirdi. 

“Boliviya Prezidenti va vazirlari navbatchilikda. Men xalqni demokratiyani himoya qilishga chaqiraman. Harbiylar zudlik bilan harakatni to‘xtatib, o‘z vazifalariga qaytishlari kerak. Demokratiya va konstitutsiyani hurmat qilishlarini istayman”, deydi Arcye.

Boliviya aholisi Prezident Luis Arsening chaqirig‘iga javob berib, mamlakatda davlat to‘ntarishiga uringan tashabbuskorlariga norozilik bildirdi. Boliviya armiyasining yangi tayinlangan qo‘mondoni Xose Uilson Sanchesning buyrug‘i bilan to‘ntarishga uringan harbiylar o‘z bo‘linmalariga qaytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63007 | Инструменты