Huawei 1
Braziliya sobiq prezidenti davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi

Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 2022-yilgi saylovlardagi mag‘lubiyatidan so‘ng hukumatni ag‘darish va mamlakatning 40 yillik demokratiyasiga putur yetkazish bo‘yicha fitnaga rahbarlik qilishda ayblandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ayblovlar prezident Lula da Silva lavozimiga kirishganidan bir hafta o‘tib, 2023-yil boshida Bolsonaru tarafdorlari tomonidan poytaxtda tartibsizliklar bilan yakunlangan saylovni rad etish harakati bilan bog‘liq. Politsiya bu holatni ikki yil davomida tergov qilgan.

2022-yilgi davlat to‘ntarishi rejasi saylangan prezident (Lula da Silva) va vitse-prezidentni (Jeraldu Alkmin), shuningdek, Oliy sud sudyasini (Aleshandri di Moraisa) o‘ldirishgacha bo‘lgan choralarni nazarda tutgan. Bolsonaru bu rejani ma’qulladi, deyiladi prokuratura bayonotida.

Ayblov xulosasi Braziliya Oliy sudiga topshirildi. Sobiq prezident 12 yildan 40 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Prokuraturaning ta’kidlashicha, Bolsonaru va yana 33 kishi, xususan, 2022-yilda vitse-prezidentlikka nomzod bo‘lgan Uolter Braga Nett ham “demokratik huquqiy davlatda hokimiyat bo‘linishi prinsipiga zid bo‘lgan harakatlarni qo‘zg‘atish va amalga oshirishda” ayblanmoqda.

Bundan tashqari, Bolsonaru 2023-yil yanvaridagi tartibsizliklarga aloqadorlikda ayblangan prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u bu tartibsizliklarga o‘z tarafdorlarini hamroh qilgan. Ular politsiya qurshovini yorib o‘tib, parlament, Oliy sud va prezident qarorgohiga bostirib kirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22109 | Инструменты