Braziliya sharqida avtobusning yuk mashinasi va yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 38 nafarga yetdi. Bu haqda G1 portali yong‘in xavfsizligi xizmatiga tayanib xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, avtobus shinasi yorilib, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yuk tirkamasiga borib urilgan. Shundan so‘ng uning ortidan kelayotgan mashina avtobusga kirib ketdi.
Qayd etilishicha, to‘qnashuvlar natijasida San-Pauludan Baxiya shtatidagi Vitoriya-da-Konkista shahriga ketayotgan avtobus yonib ketgan.
Hodisa tufayli avtomagistralning ushbu qismida harakat butunlay to‘sib qo‘yilgan, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122216 | Инструменты