Huawei 1
WP: Turkiya Rossiyani Asad rejimini qo'llab-quvvatlashni to'xtatishga chaqirdi

Turkiya Rossiyani Suriyaning sobiq prezidenti Bashar al-Asad rejimini qo'llab-quvvatlashni to'xtatishga chaqirdi va bu yordamning uzoq muddatda behuda ekanligini isbotlashga harakat qildi. Bu haqda Washington Post manbasiga tayanib yozmoqda.

Suriya isyonchilari hujumining dastlabki kunlarida Moskva “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhining rejalarini bilish uchun Anqara bilan bog‘landi. Shu bilan birga, Turkiya Suriyaning yangi hokimiyatlarini Rossiyaga qarshi aylantirish xavfi tufayli Moskvaga qurolli muxolifatga zarba berishdan voz kechishni tavsiya qildi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, oʻz navbatida, Anqara Moskvani Asad rejimini qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortishga chaqirdi, chunki mintaqadagi sharoit oʻzgargan.

8-dekabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Asad “hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshirish boʻyicha koʻrsatma berib” davlat rahbari lavozimini tark etishga qaror qilgani va Suriyani tark etgani haqida xabar berdi. Keyinroq Suriyaning sobiq prezidenti Moskvaga oila aʼzolari bilan kelgani maʼlum boʻldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122221 | Инструменты