Farg‘ona shahri Ahmad Yassaviy ko‘chasidagi portlash sodir bo‘lgan avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasi buzilmoqda, deya xabar berdi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, zapravka shoxobcha rahbarining o‘z xohish istagiga ko‘ra buzilmoqda va u qayta faoliyat ko‘rsatmaydi.
"Buning asosiy maqsadi aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 17-dekabr kuni Farg‘ona shahri markazidagi Petrolium avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 4 kishi vafot etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122221 | Инструменты