Huawei 1
Turkiyada tibbiy vertolyotning shifoxona binosiga qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi vertolyoti havoga ko‘tarilish vaqtida Mug‘la viloyatidagi o‘quv va tadqiqot shifoxonasi binosiga qulab tushdi. To‘qnashuvdan so‘ng vertolyot yerga qulab tushdi, bortdagi to‘rt kishi: ikki uchuvchi va ikki tibbiyot xodimi halok bo‘ldi, deb xabar berdi mahalliy TRT Haber telekanali.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda, o‘t o‘chiruvchilar yoqilg‘i yong‘inlarining oldini olish uchun vertolyotni sug‘ormoqda. Kasalxona odatdagidek ishlashda davom etmoqda. Voqea yuzasidan tergov boshlangan.

Mug'la gubernatori Idris Akbiyik, vertolyotning Antaliyaga uchayotganini aytdi. Uning qayd etishicha, mintaqada quyuq tuman bor, biroq avariya sabablariga oydinlik kiritilmoqda. Turkiya Sogʻliqni saqlash vazirligi ham hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilishini taʼkidlab, tekshiruv natijalarini eʼlon qilishga vaʼda berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122220 | Инструменты