Bryussel: Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilish jarayoni amalda to'xtatildi

Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Gruziyaning YeIga kirish jarayoni mamlakatda qabul qilingan “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun tufayli amalda to‘xtatilganini ma’lum qildi. 27-iyun, payshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, bu qonun Yevrokomissiyaning Gruziyaga YeI nomzodi maqomini berish bo‘yicha tavsiyalaridan chetga chiqishdir.

Hujjatda Gruziya hukumati “Gruziyaning Yevropa Ittifoqiga kirish yo‘lini xavf ostiga qo‘yuvchi va amalda qo‘shilish jarayonining to‘xtab qolishiga olib keladigan amaldagi harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga” chaqiriladi.

Gruziya 2023-yil dekabrida Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod davlat maqomini oldi. Shu hafta boshida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel YeI maqomni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70102 | Инструменты