Huawei 1
Buyuk Britaniya armiyasi dronlarga qarshi yangi qurolni sinovdan o‘tkazdi

Ukraina va Rossiya kichik hajmli dronlarga qarshi kurashish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelayotgan bir vaqtda Britaniya armiyasi “radioto‘lqin quroli”ni sinovdan o‘tkazdi. 

Britaniya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur qurol bir necha dronlarni birvarakayiga zararsizlantira oladi. Uning nomi Radio Frequency Directed Energy Weapon (RFDEW) bo‘lib, yuqori chastotali to‘lqinlar yordamida dronlarning elektron qismlarini ishdan chiqarish orqali ishlaydi. 

Bu uchuvchisiz uchish vositasini parvozga yaroqsiz qilib, qulashiga olib keladi. Ma’lum qilinishicha, har bir zarba uchun atigi 10 funt sterling (12,5 dollar) sarflanadi. Tizim bir kilometr radiusdagi askarlar va harbiy inshootlarni himoya qilishi mumkin. 

Britaniya mudofaa vazirligi G‘arbiy Uelsda o‘tkazilgan sinov muvaffaqiyatli bo‘lganini, tizim bir necha dronlarni muvaffaqiyatli tarzda zararsizlantirilganini tasdiqladi.

“RFDEW’ning sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishi milliy qurol-yarog‘lar sohasida tub ozgarish yasashi mumkin bo‘lgan  navbatdagi muhim qadamdir”, dedi mudofaa xaridlari va sanoati vaziri Mariya Igl. 

RFDEW qurolli kuchlar inventariga olingandan so‘ng, an’anaviy havo mudofaa tizimlari kabi qimmat texnologiyalarning o‘rnini bosishi mumkin. Boisi hozir amalda qo‘llanilayotgan zenit-raketalar narxi 80-100 ming AQSH dollaridan boshlanadi. 

Dastur ustida ishlagan jamoa yangi qurol dronlarning tobora kuchayib borayotgan tahdidlariga qarshi aniq, samarali va arzon yechim bo‘lib, mamlakatning kelajakdagi operatsion imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilashi mumkinligini ta’kidladi.

“Bu texnologiyani harbiylarimiz qo‘liga topshirish katta yutuqdir”, dedi dastur rahbari Mett Kork.

Britaniya armiyasi RFDEW bilan qo‘shimcha sinovlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Yangi tizim qirollik Ukrainadagi kabi intensiv urushga yarim yil dosh bera olishi haqidagi xabarlar tarqalganidan ko‘p o‘tmay jamoatchilikka namoyish qilindi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122521 | Инструменты