Huawei 1
Buyuk Britaniya qirollik oilasi xarajatlar uchun qo‘shimcha 58 million dollar oladi

Britaniya qiroli Charlz III va butun qirollik oilasiga 2023—2024-moliyaviy yilida tojga egalik qilish daromadi (The Crown Estate) ikki baravar ko‘payganidan so‘ng rasmiy vazifalarni bajarish uchun qo‘shimcha 45 million funt sterling (58 million dollar) beriladi.

Yillik hisobotga ko‘ra, toj mulkidan olingan daromad 148 foizga — 443 million funt sterlingdan 1,1 milliard funt sterlinggacha o‘sgan, bu qirollik oilasining rasmiy vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun sarflanadigan fond hajmini oshiradi.

Qirollik oilasi tojga egalik qilishdan olingan daromadning 12 foizini olish huquqiga ega. Qirol mablag‘larni o‘zi boshqarmaydi, balki mamlakat hukumatidan mablag‘ oladi. Shu bilan birga, ilgari qirollik oilasiga foydaning 25 foizi texnik xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan edi, biroq u foydaning sezilarli o‘sishini kutgan holda o‘z ulushini ikki baravar kamaytirishga rozi bo‘ldi.

Oldingi shartlarda qirol oilasi yillik xarajatlari uchun 275 million funt sterling olgan bo‘lardi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90718 | Инструменты