Daniya hukumati mudofaani kuchaytirish uchun ikkita yangi patrul kemasi sotib olmoqchi.
Mazkur kemalar F-35 samolyotlarini tashish Grenlandiyadagi Kangerlussuak aeroportiga tashish ishlarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, aeroportni o‘zini ham modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Kopengagen, shuningdek, kuchuklar tortib yuradigan chana patrullari sonini ham ko'paytirmoqchi.
Avvalroq Daniya Shimoliy Atlantika okeani va Arktikada uzoq masofaga uchuvchi dronlar yordamida patrul xizmatini kuchaytirish uchun 400 million dollar ajratgan edi.
Bu harakatlarning barchasiga AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani o‘zlashtirish maqsadi haqida e’lon qilgani sabab bo‘ldi.
Politico nashri AQSH hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmasligini ma’lum qilgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda Qo‘shma Shtatlarning harbiy byudjeti 948 milliard dollarni, Daniyaning harbiy byudjeti esa 9,9 milliard dollarni tashkil etgan. AQSH qurolli kuchlari soni 1,3 million kishiga, Daniya qurolli kuchlari esa 17 ming kishiga yetadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11117 | Инструменты