Huawei 1
Dietolog terining holatini yaxshilaydigan va qarishni sekinlashtiradigan mahsulotlarni ma'lum qildi

Terini sog‘lom saqlash uchun siz diyetangizga omega-3 yog‘ kislotalarini o‘z ichiga olgan ovqatlarni kiritishingiz kerak. Bu haqda parhezshunos Olga Redina gapirdi, deb yozadi«Vechernyaya Moskva».

«Omega-3 yog‘ kislotalarini qizil ikra, yong‘oq, avakado va zig‘ir yog‘i kabi oziq-ovqatlardan olish mumkin. Agar siz ularni diyetangizga kiritsangiz, teringiz yanada sog‘lom va yorqinroq bo‘ladi, ajinlar kamroq seziladi va ularning hosil bo‘lish tezligi sezilarli darajada kamayadi», - deydi mutaxassis.

Redkina fikricha, sabzavot va mevalar tarkibidagi antioksidantlar teri sifatini yaxshilaydi va unga yorqinlik beradi.

«Meva va sabzavotlar, ayniqsa yorqin rangli, beta-karotin va E va C vitaminlari kabi ko‘plab antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Ular erkin radikallar, teri hujayralariga zarar yetkazadigan va ajinlar paydo bo‘lishiga hissa qo‘shadigan moddalar bilan kurashishga yordam beradi», deb tushuntirdi ovqatlanish mutaxassisi.

Birinchi navbatda pomidor, qizil qalampir, brokkoli, ismaloq, apelsin, qizil olmalarni rasionga kiritish zarur, dedi mutaxassis.

Rasionda yetarli miqdorda protein mahsulotlari ham bo‘lishi kerak. Baliq, go‘sht, tuxum va dukkakli o‘simliklardan iborat muvozanatli ovqatlanish terining sog‘lom va mustahkam bo‘lishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, har kuni yetarli miqdorda suv ichish muhimdir. Teringizni ichkaridan namlash ajinlar paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga