AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Suriyada Bashar Asad rejimining ag‘darilishiga olib kelgan so‘nggi voqealar haqida bayonot berdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
"Turkiya juda aqlli. Prezident Erdo‘g‘an juda aqlli va kuchli shaxs. Asad bolalarga nima qilganini baholang — u shafqatsiz qassob", dedi Tramp.
U jurnalistning “Suriyadagi 900 nafar amerikalik askarni nima qilasiz?” degan savoliga quyidagicha javob berdi.
“Buni hal qilishning boshqa yo‘li bo'lishi kerak. Bir yechim Turkiya. Qo‘shma Shtatlar mintaqada Turkiya bilan hamkorlik qilishi mumkin”, dedi AQShning saylangan prezidenti.
Turkiyaning “muhim kuch” ekanini ta’kidlagan Tramp, “Prezident Erdo‘g‘an men bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan odam. Uning harbiy qudrati katta. Bu qudrat urushlarda ham tugamadi. U juda kuchli va samarali armiya tuzdi” dedi.
"Suriyaning kaliti Turkiya qo'lida bo'ladi", deya ta’kidladi siyosatchi.
U Turkiya Suriyada hokimiyat tepasiga kelgan qurolli muxolifat ortida turganini ma’lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121721 | Инструменты