Dunyoda Alyaska chechagidan birinchi o'lim holati qayd etildi

AQSHning Kenay yarim orolida yangi Alyaska chechagi virusi (Alaskapox virus, AKPV) ga chalingan dunyodagi ilk odam vafot etdi. Bu haqda Alaska Public Media portali Alyaska sog‘liqni saqlash departamentiga tayanib xabar berdi.

Kenay yarim orolida saraton kasalligidan davolanayotgan keksa odam ushbu virusni yuqtirib olgan. Kuzda u tanasida og'riqli qizil papulani payqagan, shundan so'ng unga antibiotiklar buyurilgan.

Kasalxonaga yotqizilgandan so'ng, bemorda chechakni eslatuvchi toshma paydo bo'lgan. Tibbiy yordam ko‘rsatilgach, erkakning yaralari asta-sekin bita boshlagan. Ammo, ishtahasi yo'qligi, o'tkir buyrak yetishmovchiligi va nafas olish muammolari bilan ham xastalangan bemor yanvar oyining oxirida vafot etgan.

Sog'liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, virus erkakning uyi yonida yashovchi qarovsiz mushukdan yuqqan bo'lish mumkin. Mushuk uni bir necha marta tirnagan. 

Malumot o'rnida, Alyaska chechagi virusi shtatda 2015-yilda aniqlangan va uning belgilari chechakka o‘xshaydi. Alyaskadagi chechak infeksiyalari faqat olti kishida tasdiqlangan, ularning barchasi Ferbenks hududida qayd etilgan. Barcha infeksiya holatlari hayvonlar bilan aloqa qilish natijasida yuzaga kelgan.

Virus asosan mayda sutemizuvchilar - qizil tayanchli sichqonlarda uchraydi. Shuningdek, itlar va mushuklar ham ushbu infeksiyani yuqtirishi mumkin. Virusning odamdan odamga yuqishi haqida hozircha hech qanday isbotlar aniqlanmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты