Huawei 1
Dunyoda saylovlardagi demokratiya darajasi pasaymoqda - tadqiqot

Oxirgi besh yil ichida, 2020 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda dunyoda demokratik saylov ko‘rsatkichlari yomonlashgan mamlakatlar soni ushbu ko‘rsatkichlar yaxshilangan mamlakatlar sonidan sezilarli darajada oshib ketdi. Taxminan 25 foiz davlatlar bu borada vaziyatni yaxshilash yo‘lidan bormoqda, deyarli 45 foiz mamlakatlarda esa vaziyat yomonlashmoqda. Demokratiya va saylovlarga ko‘maklashish xalqaro instituti (IDEA) ekspertlari shunday xulosaga kelishdi. Tashkilotning ushbu mavzudagi hisoboti 17 sentabr, seshanba kuni e’lon qilindi.

Umuman olganda, kuzatuvchilar dunyo bo‘ylab odamlarning saylov jarayonlariga munosabati o‘zgarganini qayd etdi: so‘nggi yillarda saylovchilarning ishtiroki pasayib, norozilik namoyishlari va tartibsizliklar soni ortib bormoqda. 2020 yilning o‘rtasi va 2024 yilning o‘rtasi oralig‘ida, har beshinchi holatda, yutqazgan nomzod yoki partiya saylov natijalarini qabul qilishdan bosh tortdi. Hujjatda aytilishicha, deyarli bir xil chastotada saylov natijalari sudga berilgan shikoyatdan keyin aniqlashtirilgan.

"Ayrim hollarda bunday signallar saylovning qonuniyligi to‘g‘risida xavotirlarini bildirsa, boshqalarida esa raqibning g‘alabasiga bo‘lgan jamoatchilik ishonchini buzishga qaratilgan urinishlardir", deb yozadi hisobot mualliflari.

Saylovchilarning ishtiroki haqida IDEA ekspertlari shunday ta’kidlaydilar: "Saylovlar tobora munozarali bo‘lib borayotgani sababli, global saylovlarda ishtirok etish ko‘rsatkichlari pasayib bormoqda: so‘nggi 15 yil ichida saylovchilarning qatnashishi o‘rtacha darajasi 65,2 foizdan 55,5 foizga tushdi".

Saylovlarda demokratik ko‘rsatkichlarning yomonlashishi

Shu bilan birga, kuzatuvchilar nafaqat repressiv rejimlar hukm surayotgan mamlakatlarda, balki "bir necha o‘n yillar davomida dunyodagi eng erkin davlatlardan biri bo‘lgan" davlatlarda, xususan: Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida saylovlarning demokratik ko‘rsatkichlari yomonlashganini qayd etmoqda. 

Hisobot mualliflari nuqtayi nazaridan demokratik ko‘rsatkichlarning yomonlashuvi, birinchi navbatda, vakillik (saylov natijalariga ishonch darajasi va parlament samaradorligi) hamda huquqlar (iqtisodiy tenglik, so‘z va matbuot erkinligi) sohalarida sezilarli.

Hisobotda aytilishicha, demokratik ko‘rsatkichlar sezilarli darajada pasaygan bir paytda ham ko‘plab saylovlar qaror qabul qiluvchilar ustidan xalq nazoratini ta’minlash vositasi sifatida o‘z maqsadiga erishdi. Demokratiya va saylovga ko‘maklashish bo‘yicha xalqaro institut tadqiqotchilari shunday dedi: «Hukmron partiyalar 2023 va 2024 yillarda prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lishdi va ko‘plab saylovlarda parlamentdagi ko‘pchilikni boy berishdi».

IDEA dunyoning 179 mamlakatidagi saylovlar bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91915 | Инструменты