Huawei 1
Dunyodagi eng qimmat brend nomi qaysi ekanligi ma'lum bo'ldi

Amerikaning Apple korporatsiyasi ketma-ket ikkinchi yil dunyodagi eng qimmat brendga aylandi. Kantar tadqiqot kompaniyasi tahlilchilari dunyoning eng qimmat TOP 100 brendlari reytingini e’lon qildi

Reytingga ko‘ra, Apple brendining umumiy kapitallashuvi 2023-yilda 7%  ga kamayib, 880 milliard dollarni tashkil etdi. Korporatsiya qiymati 947 milliard dollardan 67 milliard dollarga kamaydi. Ammo Apple kapitallashuvi ko‘rsatkichlari pasaygan yagona kompaniya emas.

Dunyodagi yuzlab eng qimmat brendlarning umumiy qiymati yillik hisobda birdaniga 20% ga, yaʼni 6,9 trillion dollargacha kamaygan.

Reytingda ikkinchi o‘rinni yana bir Amerika kompaniyasi — Google qo‘lga kiritdi. Yil davomida brend kapitallashuvi Applenikidan ham ko‘proq —30% ga kamayib, 577,7 milliard dollarni tashkil qildi. Uchlikni Microsoft transmilliy kompaniyasi yopdi. Texnologik gigantning kapitallashuvi 18% ga pasayib, 501,9 milliard dollarni tashkil qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20103 | Инструменты