Turkiya janubi-sharqidagi zilzilalar qurbonlarining soni 46 104 kishiga yetdi. Bu haqda prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an mamlakat Vazirlar Mahkamasi yig’ilishi yakunlari bo’yicha telemurojaatida ma’lum qildi.
“Bugun, mamlakatimizda yuz bergan daxshatli zilzilalarning to’rtinchi haftasi ham o’tdi, biz boshdan kechirgan falokat ko’lamini yanada aniqroq ko’rmoqdamiz va yo’qotishlarimiz og’rig’ini yanada chuqurroq his qilmoqdamiz”, — dedi Turkiya rahbari.
Erdog’an Turkiya hukumati tabiiy ofat natijasida vayron bo’lgan hududlarni tezda tiklash bo’yicha qat’iy qaror qabul qilganini ta’kidladi.
“Maqsadimiz yaqin ikki oy ichida 244 mingta bino va 75 mingta qishloq uylari qurilishini boshlash”, dedi prezident.
Uning qo’shimcha qilishicha, allaqachon 22 mingta uy qurilishi boshlab yuborilgan.
Davlat rahbarining so’zlariga ko’ra, zilziladan zarar ko’rgan hududlarda jami 488 mingta yangi uy qurilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, prezident tabiiy ofatdan jabr ko’rgan hududlarda ikki oy ichida 100 mingta konteyner tipidagi uylar o’rnatilishini ham ma’lum qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42621 | Инструменты