Huawei 1
Eron Haniyaning o‘limi uchun Isroilga tez orada javob qaytarishga va’da berdi

Eron tez orada Isroilga 31-iyul kuni Tehronda Falastinning HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani yo‘q qilgani uchun javob qaytaradi. Bu haqda Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy idorasi rahbari Muhammad Muhammadiy Golpayeganiy ma’lum qildi.

“Sionistik rejimning bu qadamiga tez orada javob berilishi kutilmoqda”, deydi eronlik siyosatchi.

Golpayeganiyning qo‘shimcha qilishicha, “bugungi kunda dushmanning jirkanch targ‘iboti haqiqatni yolg‘onga, yolg‘onni esa haqiqatga aylantirmoqda”.

U, shuningdek, inson huquqlari himoyachilarining ikki tomonlama standartlariga ishora qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular “G‘azo sektorida aksari ayollar va bolalar bo‘lgan 41 ming falastinlik shafqatsiz sionistik rejim tomonidan o‘ldirilganda jim qarab turmoqda”.

31-iyul kuni Falastinning HAMAS harakati Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etish uchun kelgan Tehrondagi qarorgohiga Isroil tomonidan uyushtirilgan zarba natijasida harakat rahbari Ismoil Haniya halok bo‘lganini e’lon qilgandi.

Harakat Haniyaning o‘limida Isroil va AQSHni ayblab, hujum javobsiz qolmasligini ta’kidlagan. Pentagon rahbari Lloyd Ostin HAMAS siyosiy byurosi rahbarining o‘limi va bunga Isroilning aloqadorligini izohlamasligini aytgan. Isroil armiyasi Haniyaning o‘ldirilishi haqidagi OAVning xabarlariga javob bermagan. Jerusalem Post nashriga ko‘ra, Isroil hukumati vazirlarga HAMAS yetakchisining o‘ldirilishi haqida gapirmaslikni buyurgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92114 | Инструменты