Huawei 1
Eron Suriyaga qo‘shin yuborish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi uning mamlakati Suriyaga qo‘shin kiritishi mumkinligini istisno etmadi va buning shartini aytdi. Bu haqda IRNA xabar berdi.

Agar Suriya hukumati Erondan mamlakatga qo‘shin kiritishni so‘rasa, biz bu iltimosni ko‘rib chiqamiz. Eron arab mamlakatlarida qarshilik guruhlariga rahbarlik qilmaydi va ular bilan tashkiliy munosabatlarga ega emas, lekin ularning ishini qo‘llab-quvvatlaydi va zarur bo‘lganda yordam beradi, dedi u.

Eron tashqi ishlar vaziri hozirda Amerika bilan muloqot qilish ko‘rib chiqilmayotganini aytdi. U Eronning yadro muzokaralari haqida gapirdi.


Yevropa bilan yadro ishi bo‘yicha muzokaralarga pessimistik munosabatda bo‘lishga ko‘plab sabablar bor. Ayni paytda biz Vashington bilan gaplashmoqchi emasmiz. Chunki bunday suhbat uchun hech qanday asos yo‘q, dedi Araqchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron yangi Amerika hukumati qanday siyosat yuritishini kutadi, shundan keyin o‘z siyosatini ishlab chiqadi.

Suriyadagi vaziyat

Isyonchilarning Halab provinsiyasi g‘arbiy qismida hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujumi 27-noyabr kuni boshlandi. Ikki kundan so‘ng ular 2016-yildan beri birinchi marta Halab shahriga kirdi. Hujumga Suriyadagi fuqarolar urushi davrida Asadga qarshi chiqqan “Hayot Tahrir ash-Sham” terrorchilik tashkiloti boshchilik qildi.

30-noyabr kuni Suriya armiyasi Halabdan “qo‘shinlarni vaqtincha olib chiqib ketishi”ni e’lon qildi. Ammo Asad Suriya “do‘stlari va ittifoqchilari yordamida terrorchilarni yo‘q qilishga qodir”ligini ishonch bilan ta’kidlab, terrorizmni yo‘q qilishni “mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlik” garovi deb atadi. Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatdagi vaziyat yuzasidan Isroildan yordam so‘radi. Murojaat Asadning Yevropadagi yordamchilaridan biri orqali Isroil tomoniga yetkazilgan.

Ushbu so‘rovga yahudiy davlati tanqidiy javob bergan. Jumladan, Isroil hukumati Suriyadagi vaziyat ularni tashvishga solmasligini aytib, “avvalo Suriyadan Eronparast ko‘ngillilarni olib tashlash, so‘ngra yordam so‘rash” kerakligini maslahat bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120423 | Инструменты