Eron Ukrainaning anneksiya qilingan hududlarini Rossiyaniki deb tan olmaydi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Turkiyaning TRT World telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Biz xalqaro huquq doirasida davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olamiz va shu sababli Tehron va Moskva o‘rtasidagi a’lo darajadagi munosabatlarga qaramay, Qrimning Ukrainadan ajratilishini tan olmadik. Biz Lugansk va Donetskning Ukrainadan ajralib chiqishini tan olmadik”, — dedi Eron TIV rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron rasmiylari tashqi siyosatda «izchillik tamoyiliga» sodiq qoladi.
:Biz Ukrainadagi urush yechim emas deb hisoblaymiz va bu boradagi fundamental siyosiy tamoyilga asoslanadigan pozitsiyamizga ishonamiz", - dedi Abdullohiyon.
Ma'lumot o'rnida:
Rossiya Qrimni 2014-yilda annexia qildi. 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Rossiya hukumati Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Zaporijjya va Xerson viloyatlarini annexia qilganini e’lon etdi. Kiyevning fikricha, Rossiya nazorati ostidagi hududlar vaqtinchalik bosib olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51220 | Инструменты