Huawei 1
Eronda norozilik sifatida yechingan talaba ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yuborildi

IranWire nashrining xabar berishicha, ismi oshkor etilmagan qiz majburiy davolanishga yuborilgan. Nashrning qayd etishicha, namoyishga chiqishdan oldin talabaning ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan. Eron ijtimoiy tarmoqlarida qizning ismi Ahu Daryoi ekani aytilmoqda, biroq uning shaxsi rasman tasdiqlanmagan. Xorijiy OAV, jumladan Reuters ham talabaning ismini aniqlay olmadi.

Nyu-Yorkda joylashgan Erondagi Inson huquqlari markazi (CHRI) qizning ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yuborilishidan xavotir bildirdi. CHRI bosh direktori Hadi Gaemi (markaz veb-saytida iqtibos keltiriladi) “Eron hukumati muntazam ravishda ruhiy kasalliklar shifoxonasiga majburan yotqizishdan norozilikni bostirish vositasi sifatida foydalanadi, namoyishchilarni ruhiy jihatdan beqaror deb ataydi”, dedi.

Qiz Tehrondagi Islomiy Azad universiteti oldidagi namoyishga chiqqan. IranWire nashrining yozishicha, u u yerda “Fransuz tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha to‘rtinchi kursda tahsil olgan.

“Amir Kabir Newsletter” talabalar tashkilotining xabar berishicha, talaba “Basij” harbiylashtirilgan guruhi a’zolari tomonidan ta’qibga uchraganidan keyin kiyimini yechgan. Ular ayollarning kiyimni to'g'ri kiyishini nazorat qiladilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111309 | Инструменты